“Politico”: O‘zbekiston sport va iqtisodiyotdagi yutuqlari bilan dunyo eʼtiborini tortmoqda

Iyul 02, 2026. 09:00 • 2 daq

113
“Politico”: O‘zbekiston sport va iqtisodiyotdagi yutuqlari bilan dunyo eʼtiborini tortmoqda

VASHINGTON, 2-iyul. /“Dunyo” AA/. AQShning nufuzli “Politico” nashrida O‘zbekistonning futbol bo‘yicha jahon chempionatidagi ishtiroki hamda mamlakatdagi mavjud muhim minerallarga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Materialda yozilishicha, O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ishtiroki mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi tobora ortib borayotganining yorqin ifodasi bo‘ldi. Mualliflar ushbu voqeani nafaqat sport, balki mamlakatning iqtisodiy va geosiyosiy ahamiyatiga bo‘lgan qiziqishning ortishi bilan ham bog‘lamoqda.

Maqolada qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekiston muhim minerallar zaxiralari bo‘yicha dunyoda katta salohiyatga ega davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatda volfram, molibden, mis va boshqa strategik xomashyolarni chuqur qayta ishlash hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan keng ko‘lamli dasturlar amalga oshirilmoqda.

Nashrga ko‘ra, muhim minerallarga bo‘lgan global talabning ortishi sharoitida O‘zbekistonning sanoatni modernizatsiya qilish va xalqaro taʼminot zanjirlaridagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan siyosati mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirmoqda.

“Sportdagi yutuqlar va iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida amalga oshirilayotgan islohotlar O‘zbekistonning xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qilmoqda”, deb yozgan “Politico”.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish