O‘zbekiston delegatsiyasi O‘mon kompaniyasining yurtimizdagi yirik shaharsozlik loyihalarini muhokama qildi

Iyul 02, 2026. 11:00 • 50 soniya

51
O‘zbekiston delegatsiyasi O‘mon kompaniyasining yurtimizdagi yirik shaharsozlik loyihalarini muhokama qildi

TOSHKENT, 2-iyul. /“Dunyo” AA/. Kecha Maskat shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev O‘monning “Alsiyabi International Group LLC” kompaniyasi raisi Salim Ali Siyobiy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda infratuzilma, qurilish, turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish hamda tibbiyot muassasalarini tashkil etish bo‘yicha aniq takliflar muhokama qilindi.

Tomonlar O‘mon kompaniyasining O‘zbekistondagi yirik shaharsozlik loyihalarini amalga oshirishda qatnashishi, zamonaviy muhandislik metodlarni joriy etish, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish hamda qurilish sohasida o‘zaro manfaatli sheriklikni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish