Pekinda xitoylik tadbirkorlar bilan yangi loyihalar muhokama qilindi
Iyul 02, 2026. 11:30 • 57 soniya
• 101
PEKIN, 2-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasida Xitoy korxonalarining xorijiy faoliyatini rivojlantirish uyushmasi va Xitoy yosh tadbirkorlari uyushmasiga aʼzo kompaniyalar vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda qurilish, sanoat zonalarini barpo etish, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari (IT) va savdo sohalarida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar vakillari qatnashdi.
Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar va imtiyozlar, shuningdek, mamlakatimiz hududlarida ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish imkoniyatlari to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.
Xitoy kompaniyalari vakillari O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyatini hamda mamlakatda biznes yuritish uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadilar. Ular respublika hududida qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Uchrashuv yakunida mazkur kompaniyalar vakillarining O‘zbekistonga istiqbolli tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi