Britaniyaning mashhur jurnali O‘zbekiston gastronomiyasi va madaniy merosi haqida yozdi
Sentabr 25, 2026. 15:00 • 2 daq
• 150LONDON, 25-sentabr. /“Dunyo” AA/. Britaniyaning “Food and Travel” jurnalida O‘zbekiston haqida 12 sahifali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda yozilishicha, O‘zbekistonning tarixiy va madaniy merosi, gastronomik an’analari, tabiiy manzaralari va zamonaviy sayyohlik imkoniyatlari jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Samarqand va Toshkent shaharlari, Registon maydoni va Shohi Zinda maqbarasi kabi tarixiy obidalarga alohida e’tibor qaratilgan. Mualliflar o‘zbek oshxonasi, xususan, palov, somsa, manti va shashlik, shuningdek, restoranlar, bozorlar va novvoyxonalar haqida so‘z yuritgan. Mamlakatda 125 ga yaqin uzum navini qayta tiklagan “UzumFermer” oilaviy vinochilik xo‘jaligi haqida ham ma’lumot berilgan.
Jurnalda gastronomik turizmning rivojlanishi hamda an’anaviy retseptlarni zamonaviy yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirishga alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Materialda mamlakat bo‘ylab sayohat qilish variantlari, turar joylar, gastronomik marshrutlar va Londondan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar haqida ma’lumotlar taqdim etilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

