Arab OAV: O‘zbekiston xorijlik mehmonlarni boy islomiy merosi va zamonaviy xizmatlari bilan o‘ziga jalb etmoqda

Sentabr 24, 2026. 16:00 • 2 daq

160
Arab OAV: O‘zbekiston xorijlik mehmonlarni boy islomiy merosi va zamonaviy xizmatlari bilan o‘ziga jalb etmoqda
Arab OAV: O‘zbekiston xorijlik mehmonlarni boy islomiy merosi va zamonaviy xizmatlari bilan o‘ziga jalb etmoqda

AR-RIYOZ, 23-sentabr. /“Dunyo” AA/. Saudiya Arabistonining “Alhatun” jurnali hamda Iordaniyaning “Seyahafm” radiostansiyasi saytida O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi va turizm sohasining jadal rivojlanishiga bag‘ishlangan maqolalar e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Alhatun” nashrida yozilishicha, O‘zbekiston turizm yo‘nalishida Markaziy Osiyoning durdonasi, deya ta’riflangan. Mamlakatning asosiy sayyohlik durdonalari — Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent haqida alohida to‘xtalib o‘tilgan.

Jurnalda O‘zbekiston jozibadorligi Buyuk Ipak yo‘lining noyob me’moriy va islomiy merosi, qadimiylik va zamonaviylikning uyg‘unligi, an’anaviy mehmondo‘stlik hamda gastronomiya yo‘nalishlarida alohida ajratib ko‘rsatilgan.

“Seyahafm”da ta’kidlanishicha, so‘nggi paytlarda O‘zbekiston tobora ko‘proq sayyohlarni o‘ziga jalb qilmoqda. Jumladan, 2026-yilning dastlabki sakkiz oyida xalqaro sayyohlar oqimi 21,1 foizga oshgan.

Nashrda qayd etilishicha, viza rejimining soddalashtirilishi, temir yo‘l tarmog‘i va mehmonxona bazasining kengayishi nafaqat mamlakat bo‘ylab sayohatlarni osonlashtirdi, balki xorijiy mehmonlarni O‘zbekistonda uzoqroq qolish va yangi hududlarni kashf etishga undamoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish