Kuvayt OAV: TIIF-2026 dunyoning eng yirik investorlari va moliya institutlarini birlashtirdi
Iyun 19, 2026. 10:00 • 57 soniya
• 120AL-KUVAYT, 19-iyun. /“Dunyo” AA/. V Toshkent xalqaro investitsiya forumi umumiy qiymati 42 trillion AQSH dollariga yaqin aktivlarni boshqaruvchi jahonning eng yirik kompaniyalarini qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Kuvaytning “Al-Jarida” va “An-Nahar” nashrlariga tayanib.
Xususan, tadbirda davlat rahbarlari, xalqaro moliya institutlari va jahonning “BlackRock”, “JPMorgan”, “Visa”, “Airbus”, “Meta”, “ACWA Power” singari yirik kompaniyalari yetakchilari ishtirok etmoqda.
Shuningdek, forum ishida “yashil” energetika, sun’iy intellekt, strategik minerallar, logistika va xalqaro investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama markazida bo‘lib turibdi.
Forum yakunlari bo‘yicha energetika, sanoat, infratuzilma va texnologiyalar sohalarida ko‘p milliard dollarlik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

