O‘zbekiston TIV rahbari Yaponiya delegatsiyasini qabul qildi
Iyun 19, 2026. 09:30 • 56 soniya
• 68
TOSHKЕNT, 19-iyun. /“Dunyo” AA/. 18-iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Yaponiyaning “Sojitz Corporation” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Kosuke Uemura bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat davomida kompaniyaning O‘zbekistonda amalga oshirayotgan investitsiyaviy loyihalari hamda yangi tashabbuslari muhokama qilindi.
Tomonlar sanoat, energetika, transport va infratuzilma sohalarida hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni ko‘rib chiqdi.
“Sojitz Corporation” kompaniyasining mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga qaratilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash ma’lum qilindi.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi