“Orta Lectura”: Toshkent xalqaro investitsiya forumi O‘zbekistonning strategik rivojlanishini namoyon etmoqda
Iyun 19, 2026. 09:00 • 2 daq
• 93
MADRID, 19-iyun /“Dunyo” AA/. Ispaniyaning “Orta Lectura” tahliliy-yangiliklar portali asoschisi va direktori Koldo Salazarning V Toshkent xalqaro investitsiya forumi haqida maqolasi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muallifning ta’kidlashicha, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasini modernizatsiya qilish “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasidagi muhim rivojlanish loyihalari qatoriga kiradi. Ushbu tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatning strategik geografik joylashuvidan foydalanib, Toshkent xalqaro aeroportini Yevroosiyoning yetakchi transport markazlaridan biriga aylantirishdir.
Bu loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati va geosiyosiy rolini mustahkamlab, uni Sharq va G‘arb o‘rtasidagi muhim bog‘lovchi bo‘g‘inga aylantiradi.
“Orta Lectura”da yozilishicha, Toshkent qulay geografik o‘rin va ulkan demografik salohiyatga ega. Bu esa uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish uchun mustahkam zamin yaratadi. Shu bois V Toshkent xalqaro investitsiya forumida muhokama qilinayotgan islohotlar barqaror kelajakni shakllantirishga va kelgusi avlodlar ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan.
Modernizatsiya dasturi aviatsiya sohasini rivojlantirishdan tashqari infratuzilma, konchilik sanoati, sun’iy intellekt, o‘g‘itlar ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligini isloh qilish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan sarmoyalarni ham qamrab oladi. Bu tashabbuslar birgalikda mamlakatning iqtisodiy raqobatbardoshligini mustahkamlash va uning mintaqadagi asosiy o‘yinchilardan biri sifatidagi o‘rnini kengaytirishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi