“Q8 Press”: O‘zbekiston Prezidentining O‘monga davlat tashrifi siyosiy muloqot va hamkorlikni yanada mustahkamlaydi
Noyabr 17, 2026. 14:30 • 2 daq
• 32
AL-KUVAYT, 17-noyabr. /“Dunyo” AA/. Kuvaytning mashhur “Q8 Press” elektron nashrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘monga davlat tashrifiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada qayd etilishicha, tashrif dasturi doirasida Maskat shahrida oliy darajadagi muzokaralar, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar va boshqa tadbirlar rejalashtirilgan.
Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, sammitda O‘zbekiston–O‘mon munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish hamda ustuvor cohalar – savdo, investitsiyalar va qishloq xo‘jaligida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, kun tartibidan madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish va sayyohlik almashinuvlarini faollashtirish masalalari ham o‘rin olgan.
“Q8 Press” xabariga ko‘ra, muzokaralar yakunida hamkorlik ko‘lamini kengaytirish va ikki tomonlama sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan bir qator hujjatlar va bitimlarni imzolash kutilmoqda. Nashr ta’kidlaganidek, ushbu tashrif siyosiy muloqotni mustahkamlash hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi