Qirg‘iziston OAV: O‘zbekiston va Gruziya iqtisodiy sheriklikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
Iyul 03, 2026. 09:30 • 2 daq
• 165
O‘Sh, 3-iyul. /“Dunyo” AA/. Qirg‘izistonning “Alliance-press” axborot agentligida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada qayd etilishicha, tomonlar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish, investitsiyaviy hamkorlik, sanoat kooperatsiyasi hamda transport-logistika aloqalarini yana-da kengaytirishni maqsad qilgan.
Agentlik taʼkidlashicha, 2017–2025-yillar davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi uch barobarga oshib, 89 million dollardan 267,6 million dollarga yetgan. Hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida to‘qimachilik, elektrotexnika, farmatsevtika, kimyo va agrosanoat tarmoqlari, O‘rta yo‘lak imkoniyatlaridan hamda Gruziyaning Poti portidagi terminaldan samarali foydalanish orqali transport infratuzilmasini rivojlantirish qayd etilgan.
Nashr xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarining yana-da rivojlanishi qo‘shma savdo, investitsiya va infratuzilma loyihalarining izchil amalga oshirilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi