Pokiston OAV: Toshkentda XI Xalqaro tasviriy san’at biyennalesi bo‘lib o‘tadi

Oktabr 10, 2026. 12:30 • 2 daq

• 130
Pokiston OAV: Toshkentda XI Xalqaro tasviriy san’at biyennalesi bo‘lib o‘tadi

ISLOMOBOD, 10-oktabr. /“Dunyo” AA/. Pokistonning yetakchi ommaviy axborot vositalarida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan XI Xalqaro tasviriy san’at biyennalesiga bag‘ishlangan maqolalar e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“The Daily Morning News” va “Daily Times Karachi” gazetalari, shuningdek, “Imroze Pakistan” va “Infora News” onlayn nashrlarining yozishicha, “Voqealar gorizonti” mavzusidagi mazkur nufuzli san’at forumi poytaxtimizda 12–16-oktabr kunlari o‘tkaziladi. Dasturdan mahalliy va xorijiy rassomlarning asarlari ko‘rgazmasi, Samarqand shahriga safar hamda boshqa qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘rin olgan.

Nashrlarda qayd etilganidek, biyennale O‘zbekistonda 2001-yildan buyon har ikki yilda bir marta muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda. “Joriy yilgi mavzu insonning shiddatli texnologik va madaniy o‘zgarishlar ostonasidagi o‘rniga bag‘ishlangan. 

Shuningdek, maqolalarda 2024-yil 14–18-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan o‘ninchi biyennaleda dunyoning turli burchaklaridan 40 dan ortiq xorijiy ishtirokchi qatnashgani ham eslatib o‘tilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish