Rossiya OAV: O‘zbekiston va Qozog‘iston qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi
Iyun 24, 2026. 12:00 • 1 daq
• 133
MOSKVA, 24-iyun. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning “MIR24.TV”, “Karavan Info”, “Rambler” kabi yetakchi nashrlarida Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev hamda O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘rtasidagi uchrashuvga bag‘ishlangan maqolalar e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Rus OAVning yozishicha, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, Markaziy Osiyoda raqamlashtirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari muhokama qilingan.
Muzokaralar chog‘ida Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston yetakchisiga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlar barcha muhim yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani ta’kidlangan. Ikki davlatni yanada yaqinlashtirishga qaratilgan hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Uchrashuv yakunida tomonlar ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda O‘zbekiston–Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini ta’kidlagan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi