Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz 53 ta medalni qo‘lga kiritdi, shundan 16 tasi oltin

Sentabr 30, 2026. 16:00 • 2 daq

• 49

AICHI-NAGOYA, 30-sentabr. /“Dunyo” AA/. Yaponiyaning davom etayotgan XX Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi medallar jamg‘arishda davom etmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ayniqsa, sport kurashlari, dzyudo, boks va yengil atletika bahslarida vakillarimiz munosib natijalar qayd etmoqda.

Yengil atletikada Barnoxon Sayfullayeva balandlikka sakrash bahsida 1,90 metr natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Sport kurashlarining yunon-rum dasturida 67 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Aytjan Xalmaxonov finalda yaponiyalik Kyotaro Sogabeni mag‘lub etib, Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi. 87 kilogramm vaznda Jalg‘asbay Berdimuradov bronza medali uchun bellashuvda qozog‘istonlik Shamil Ojayevdan ustun keldi.

Yunon-rum kurashi bo‘yicha 130 kilogramm vazn toifasida qatnashayotgan hamyurtimiz Rafael Sitsuashvili finalda eronlik Amin Mirzozodaga qarshi bahs olib boradi.

Dzyudoda ham O‘zbekiston vakillari munosib qatnashmoqda. 52 kilogramm vazn toifasida Sita Qadamboyeva Janubiy Koreya vakili Seyun Jangni finalda yengib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. 60 kilogramm vaznda Samariddin Qo‘chqorov tojikistonlik Loiq Kudbudinov ustidan g‘alaba qozonib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

66 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etayotgan dzyudochimiz Abdurahim Nutfulloyev mo‘g‘ulistonlik Yulk Kazirbiyevga qarshi bahs olib bordi va kutilmaganda mag‘lubiyatga uchrab, kumush medalga ega chiqdi.

Boks bahslarida sportchilarimiz hozircha uchta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Jumladan, erkaklar o‘rtasida 70 kilogramm vaznda Shavkatjon Boltayev yarim finalda qozog‘istonlik Torexan Sabirxanga imkoniyatni boy berib, bronza medali bilan kifoyalandi.

Iqtidorli bokschimiz To‘rabek Habibullayev hindistonlik raqibini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va finalga yo‘l oldi.

Ayollar o‘rtasidagi boks bahslarida 51 kilogramm vaznda Feruza Kazakova va 60 kilogramm vaznda Sitora Turdibekova ham yarim finalga qadar yetib borib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Futbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi musobaqaning birinchi yarim final bahsida Janubiy Koreya va Xitoy terma jamoalari to‘qnash keldi. Murosasiz kechgan o‘yinda koreyslar 2:1 hisobida ustun kelib, dastlabki finalchiga aylandi.

Ikkinchi yarim finalda O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiya termasiga qarshi bahs olib boradi. Final va bronza medali uchun uchrashuvlar 2 oktyabr kuni o‘tkaziladi.

Ayni paytda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 53 taga yetdi: 16 ta oltin, 18 ta kumush va 19 ta bronza.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish