Inson huquqlari bo‘yicha V Samarqand forumi yakunlandi

Sentabr 30, 2026. 16:30 • 2 daq

• 335
Inson huquqlari bo‘yicha V Samarqand forumi yakunlandi
Inson huquqlari bo‘yicha V Samarqand forumi yakunlandi

SAMARQAND, 30-sentabr. /“Dunyo” AA/. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro paktlarning 60 yilligi va Rivojlanish huquqi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning 40 yilligiga bag‘ishlangan V Samarqand forumining yakuniy yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Yig‘ilishda Toshkentda bo‘lib o‘tgan forumning yettita sho‘ba sessiyasi yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan umumiy xulosa va takliflar taqdim etildi.

Muhokamalar fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar, bolalar, ayollar va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish, sog‘lom atrof-muhit va iqlim adolati huquqi, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar, fuqarosizlikning oldini olish masalalarini qamrab oldi.

Ishtirokchilar Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi direktori Akmal Saidov tomonidan taqdim etilgan “Samarqand nigohi – 2040: inson qadri, tenglik va barqaror rivojlanish yo‘lidagi global hamkorlik” yakuniy hujjat loyihasini ko‘rib chiqdi.

Hujjat inson huquqlarini himoya qilish, rivojlanish huquqini ilgari surish, milliy institutlarni mustahkamlash va barqaror rivojlanish masalalarida inson huquqlari yondashuvini hisobga olish sohasidagi xalqaro hamkorlikning uzoq muddatli ustuvor yo‘nalishlarini nazarda tutadi.

Forum yakunlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarni bajarish, xalqaro va milliy hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajriba almashish va inson huquqlarini himoya qilishning milliy mexanizmlarini rivojlantirish yuzasidan amaliy tavsiyalar shakllantirildi.

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, ekologik va iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq yangi xavf-xatarlar, inson huquqlarini himoya qilishning universal tizimini yanada mustahkamlash zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish