“The Nation” gazetasi: O‘zbekistonning xalqaro iqlim siyosatidagi faol ishtirokini izchil davom ettirmoqda

Noyabr 10, 2026. 21:25 • 2 daq

• 225
“The Nation” gazetasi: O‘zbekistonning xalqaro iqlim siyosatidagi faol ishtirokini izchil davom ettirmoqda

ISLOMOBOD, 10-noyabr. /“Dunyo” AA/. Pokistonning ommabop “The Nation” gazetasi saytida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti yetakchi ilmiy xodimi, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Feruz Akbarovning “Global iqlim o‘zgarishi: O‘zbekiston tashabbuslari va milliy floramiz kelajagi” sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda joriy yil noyabr oyida Turkiyaning Antaliya shahrida BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi doiraviy konvensiyasi tomonlarining 31-konferensiyasi (COR31) bo‘lib o‘tishi qayd etilgan. “Unda dunyo davlatlari iqlim o‘zgarishini yumshatish, uning oqibatlariga moslashish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilinadi, – deb yozadi muallif. – O‘zbekiston uchun ushbu konferensiya avvalgi xalqaro anjumanlarda ilgari surilgan ekologik tashabbuslarni davom ettirish, mintaqamizdagi iqlim muammolariga jahon hamjamiyati e’tiborini qaratish uchun muhim maydondir”.

Maqolada O‘zbekiston tomonidan xalqaro maydonlarda ilgari surilayotgan iqlim tashabbuslari Orolbo‘yi ekologik muammolarini hal etish, suv resurslarini muhofaza qilish va tabiiy ekotizimlarni tiklash kabi dolzarb masalalarni qamrab olayotgani e’tirof etilgan. Jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023-yilda Dubayda o‘tkazilgan COR28 sammitida Orolbo‘yida xalqaro iqlim texnologiyalari ekspo-xabini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikka chaqirdi. Ushbu tashabbus mintaqaning murakkab ekologik muammolarini hal etishda zamonaviy texnologiyalar va xalqaro tajribani birlashtirishga qaratilgani ta’kidlangan.

Pokiston bosma nashri yozganidek, 2024-yilda Bokuda bo‘lib o‘tgan COR29 sammitida iqlim o‘zgarishi oqibatidagi yo‘qotish va zararlarni baholash bo‘yicha xalqaro markaz tashkil etish hamda daryo ekotizimlarining butunligi va ekologik xavfsizligiga oid deklaratsiya ishlab chiqish taklif etildi.

Shuningdek, materialda mintaqaviy ekologik hamkorlik masalalari 2025-yil aprel oyida Samarqandda o‘tkazilgan xalqaro iqlim forumida ham muhokama qilingani qayd etilgan. moslashuvchanligini oshirishda ilmiy salohiyatni birlashtirish zarurligini ta’kidlanadi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish