Maskatdagi oliy darajadagi sammit arafasida O‘monning “Duqm Economist” jurnalining O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus soni nashr etildi

Noyabr 17, 2026. 17:00 • 2 daq

• 74
Maskatdagi oliy darajadagi sammit arafasida O‘monning “Duqm Economist” jurnalining O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus soni nashr etildi
AAA

MASKAT, 17-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining O‘monga davlat tashrifi arafasida Maskatda “Duqm Economist” jurnalining O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus soni chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashr sahifalarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, boy tarixiy-madaniy merosimiz, buyuk o‘zbek olimlari va mutafakkirlarining jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi atroflicha yoritilgan.

Rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo‘yayotgan O‘zbekiston–O‘mon hamkorligi istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolalarda ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish borasidagi ulkan imkoniyati ta’kidlangan.

Ushbu maxsus sonning chop etilishi O‘monda O‘zbekistonga qiziqish tobora ortib borayotgani hamda ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashga intilishdan dalolat beradi.

Default Avatar

Material muallifi

Abdurahim Abdusattorov

abdusattorov@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish