O‘zbekiston fintex uchun 1 milliard dollar investitsiya jalb qilishni rejalashtirmoqda

Avgust 26, 2026. 18:30 • 2 daq

134
O‘zbekiston fintex uchun 1 milliard dollar investitsiya jalb qilishni rejalashtirmoqda

LONDON, 26-avgust. /“Dunyo” AA/. Britaniyaning “FStech” portalida O‘zbekistonning 2030-yilga qadar Markaziy Osiyoning yetakchi moliyaviy texnologiyalar (fintex) markaziga aylanishga qaratilgan rejalariga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Materialda yozilishicha, O‘zbekiston markaziy bank raisi Timur Ishmetov Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Silk Road Finance & Technology Forum” (Ipak yo‘li moliya va texnologiyalar forumi) forumida fintex bo‘yicha to‘rt yillik rejani taqdim etgan.

Strategiya doirasida 2030-yilga qadar fintex uchun 1 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etish, tartibga solish tizimini takomillashtirish va raqamli moliya sohasida yangi tashabbuslarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, 2026–2027-yillarda yangi moliyaviy instrumentlarni sinovdan o‘tkazish uchun takomillashtirilgan tartibga solish tizimini ishga tushirish, 2026-yilning to‘rtinchi choragida innovatsion xab faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Maqola yakunida Markaziy bank tomonidan raqamli milliy valyuta bo‘yicha sinovlar o‘tkazilayotgani va ularning natijalari yaqin vaqtda taqdim etilishi maʼlum qilingan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish