O‘zbekiston va Belarus birjalari o‘rtasida elektron savdoni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi

Avgust 26, 2026. 20:30 • 2 daq

22
O‘zbekiston va Belarus birjalari o‘rtasida elektron savdoni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi

MINSK, 26-avgust. /“Dunyo” AA/. Minsk shahrida O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi boshqaruvi raisi Asadulla Qayumov va Belarus universal tovar birjasi boshqaruvi raisi Aleksandr Osmolovskiy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot davomida ikki mamlakat birjalari o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish, O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi orqali o‘zbek mahsulotlarining Belarus bozoriga eksport hajmini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Belarusda faoliyat yuritayotgan o‘zbek tadbirkorlarining mahalliy soliq qonunchiligi bo‘yicha xabardorligini oshirish maqsadida muntazam o‘quv-seminarlar va maslahatlashuv kurslarini tashkil etish, shuningdek, davlat xaridlarida ishtirok etish bo‘yicha tajriba almashishga kelishib olindi.

Muzokaralar yakunida Respublika tovar-xomashyo birjasi va Universal tovar birjasi o‘rtasida ikki mamlakat kompaniyalarining elektron savdolarda ishtirok etishiga ko‘maklashish to‘g‘risida hamkorlik bitimi imzolandi.

Mazkur hujjat ikki davlat birjalari o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish, o‘zaro tovar aylanmasini oshirish va ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi sheriklikni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish