Polshada Samarqand Buyuk Ipak yo‘lining durdonasi sifatida eʼtirof etilmoqda

Iyul 18, 2026. 14:30 • 1 daq

45
Polshada Samarqand Buyuk Ipak yo‘lining durdonasi sifatida eʼtirof etilmoqda

VARSHAVA, 18-iyul. /“Dunyo” AA/. Polshaning ommabop “Onet.pl” internet portalida Samarqand shahriga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda Samarqand Buyuk Ipak yo‘lining eng qadimiy va jozibador shaharlaridan biri sifatida eʼtirof etilib, uning boy tarixiy-madaniy merosi, betakror meʼmoriy ansambllari va o‘ziga xos muhiti sayyohlarda unutilmas taassurot qoldirishi taʼkidlangan.

Xususan, Registon maydonining tungi yoritilishi va multimedia namoyishlari, Sherdor, Tillakori va Ulug‘bek madrasalarining meʼmoriy yechimlari, shuningdek, shaharning sharqona muhiti va milliy taomlari yuqori baholangan.

Shu bilan birga, O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, sayyohlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, transport infratuzilmasi hamda mamlakatning Yevropa sayyohlari uchun tobora jozibador turistik yo‘nalishga aylanayotgani qayd etilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish