Ammon–Toshkent aviaqatnovining yo‘lga qo‘yilishi turizm sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda

Iyul 18, 2026. 13:30 • 2 daq

83

AMMON, 18-iyul. /“Dunyo” AA/. Iordaniya va O‘zbekiston poytaxtlari o‘rtasida tarixda ilk bor yo‘lga qo‘yilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda, deb xabar qiladi “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur yo‘nalishning birinchi reysi bilan O‘zbekistonga Iordaniyadan 40 nafarga yaqin turistdan iborat uyushgan guruh tashrif buyurdi. Safar davomida mehmonlar Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida bo‘lib, mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosi, YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan obidalar, milliy taomlar va o‘zbek xalqining qadimiy anʼanalari bilan tanishdi.

Iordaniyalik sayyohlar mamlakatimizdagi mehmondo‘stlik, zamonaviy turistik infratuzilma va yuqori xizmat ko‘rsatish darajasini alohida eʼtirof etdi. Ayniqsa, Samarqand va Buxoroning meʼmoriy obidalari, Toshkentning zamonaviy qiyofasi ularda katta taassurot qoldirdi.

Mutaxassislar fikricha, Ammon–Toshkent aviaqatnovining yo‘lga qo‘yilishi o‘zaro turistik almashinuvni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. Boy tarixiy meros, rivojlangan turistik infratuzilma, Iordaniya fuqarolari uchun vizasiz tartib hamda xalqaro aviaqatnovlar tarmog‘ining kengayishi O‘zbekistonning Yaqin Sharq sayyohlari orasidagi jozibadorligini yana-da oshirmoqda.

Ayni paytda ikki mamlakat o‘rtasida madaniy-maʼrifiy, gastronomik, oilaviy va ziyorat turizmi yo‘nalishlarini qamrab olgan yangi qo‘shma turistik dasturlarni ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish