Ona va uning 4 nafar farzandi diplomatlar ko‘magida Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi

Iyul 18, 2026. 13:00 • 1 daq

95
Ona va uning 4 nafar farzandi diplomatlar ko‘magida Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi

SANKT-PETERBURG, 18-iyul. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga hamyurtimiz M.B. murojaat qilib, o‘zi va to‘rt nafar farzandining yashash joyi yo‘qligi hamda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolganini maʼlum qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bosh konsulxona vakillari holatga aniqlik kiritdi. Maʼlum bo‘lishicha, yurtdoshimizning turmush o‘rtog‘i bilan oilaviy kelishmovchiliklari tufayli mazkur muammo yuzaga kelgan. Onaning aytishicha, oilaviy janjaldan so‘ng turmush o‘rtog‘i uni va 4 nafar farzandini qarovsiz qoldirib, yashab turgan joyidan chiqarib yuborgan.

Shundan so‘ng, ushbu holat yuzasidan fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Migratsiya agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakili bilan hamkorlikda ona va uning farzandlari vaqtinchalik turar joy bilan taʼminlandi.

Joriy yilning 15-iyul kuni ona va uning to‘rt nafar farzandi “Sankt-Peterburg – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha Vatanga qaytarildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish