Iordaniyaning “Ad-Dustur” nashri O‘zbekiston–Iordaniya hamkorligiga bag‘ishlangan maxsus sonni chop etdi

Noyabr 25, 2026. 14:00 • 3 daq

• 227
Iordaniyaning “Ad-Dustur” nashri O‘zbekiston–Iordaniya hamkorligiga bag‘ishlangan maxsus sonni chop etdi
Iordaniyaning “Ad-Dustur” nashri O‘zbekiston–Iordaniya hamkorligiga bag‘ishlangan maxsus sonni chop etdi
Iordaniyaning “Ad-Dustur” nashri O‘zbekiston–Iordaniya hamkorligiga bag‘ishlangan maxsus sonni chop etdi
Iordaniyaning “Ad-Dustur” nashri O‘zbekiston–Iordaniya hamkorligiga bag‘ishlangan maxsus sonni chop etdi
Iordaniyaning “Ad-Dustur” nashri O‘zbekiston–Iordaniya hamkorligiga bag‘ishlangan maxsus sonni chop etdi

AMMAN, 25-noyabr. /“Dunyo” AA/. Iordaniyaning nufuzli “Ad-Dustur” kundalik nashrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga davlat tashrifiga bag‘ishlangan 20 sahifalik maxsus son nashrdan chiqdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“O‘zbekiston–Iordaniya: o‘zaro hurmat va do‘stlikka asoslangan 33 yillik munosabatlar” umumiy mavzusidagi materiallarda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va raqamli hamkorlikning yangi bosqichi atroflicha yoritilgan.

Maxsus sonning ilk sahifalarida 2025-yil 25–26-avgust kunlari Podshoh Abdulla II ibn al-Husaynning Samarqandga tarixiy davlat tashrifi ikki tomonlama aloqalarni keng qamrovli sheriklik darajasiga olib chiqqani qayd etilgan.

Ikki davlat yetakchilari o‘rtasidagi ishonch, ko‘plab yuqori darajadagi tashriflar va telefon muloqotlari orqali mintaqaviy barqarorlik hamda xalqaro maydondagi yaqin hamkorlik mustahkamlangani ta’kidlangan.

Xususan, BMT va Islom hamkorlik tashkiloti doirasidagi o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan mushtarak pozitsiyalar e’tirof etilgan. Turizm sohasi jadal sur’atlarda rivojlanayotgani, 2026-yil 1-iyuldan Ammon va Toshkent o‘rtasida haftasiga ikki marta to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgani hamda 30 kunlik o‘zaro vizasiz rejim joriy etilgani alohida ta’kidlangan.

Ammonda o‘tkazilgan Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” asarining arabcha nashri taqdimoti, shuningdek, 9 ta kitob va kitob-albom haqida batafsil ma’lumot berilgan. Ushbu nashrlar Iordaniya kutubxonalariga taqdim etilgani qayd etilgan.

Iqtisodiy va sanoat kooperatsiyasiga bag‘ishlangan turkum maqolalarda 2021–2025-yillarda o‘zaro savdo hajmi 8,5 barobar o‘sgani va 2026-yilda qariyb 300 ta tovar turini qamrab oluvchi imtiyozli savdo kelishuvi imzolangani yoritilgan.

Shu bilan birga, O‘zbekistonda Iordaniya kapitali ishtirokidagi 23 ta korxona faoliyat yuritayotgani, 13 ta yangi loyiha portfeli shakllantirilgani, Aqaba porti va maxsus iqtisodiy zonasining logistik imkoniyatlari tahlil qilingan.

Maxsus sondan O‘zbekiston rasmiy shaxslari, xususan, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov muallifligidagi maqolalar ham o‘rin olgan.

Gazeta sahifalarida “Yangi Toshkent” loyihasi, Samarqanddagi Shohi Zinda majmuasi va Qusam ibn Abbos maqbarasi orqali Hoshimiylar sulolasi bilan 13 asrlik tarixiy-ruhiy rishtalar, Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi, yangilangan Imom Buxoriy majmuasi, Ammondagi qadimiy Buxoriy bozori tarixi hamda O‘zbekistonning boy sayyohlik yo‘nalishlari keng yoritilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish