Amerika matbuoti: O‘zbekistonning TDT sammitida bildirgan tashabbuslari mintaqa rivojida muhim ahamiyatga ega
May 26, 2026. 12:25 • 2 daq
• 64
TOSHKENT, 26-may. /“Dunyo” AA/. AQSHdagi nufuzli “Diplomatic Watch” nashrida O‘zbekiston Prezidentining Turkistondagi TDT sammitida ilgari surgan tashabbuslariga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada yozilishicha, TDT sammitida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashkilotni XXI asrning strategik yo‘nalishlariga moslashtirishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surgan.
Xususan, O‘zbekiston yetakchisi “Raqamli turkiy koridor” konsepsiyasiga alohida urg‘u bergan. Ushbu tashabbus doirasida mintaqadagi maʼlumotlar markazlarini yuqori tezlikdagi aloqa tarmoqlari orqali bog‘lash, bojxona va tranzit tizimlarini raqamlashtirish hamda yagona logistika platformalarini integratsiyalash nazarda tutiladi.
Materialda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Turkiy kiberxavfsizlik alyansini tashkil etish tashabbusi ham alohida tilga olingan. Bu tashabbus zamonaviy tahdidlar endilikda faqat anʼanaviy harbiy-siyosiy makonda emas, balki raqamli maydonda ham shakllanayotganini anglatadi. Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston TDT doirasida kiberxavfsizlik va raqamli infratuzilmani himoya qilishni kollektiv xavfsizlikning yangi yo‘nalishi sifatida ilgari surmoqda.
Shuningdek, materialda sunʼiy intellekt sohasida strategik hamkorlik tarmog‘ini yaratish, Toshkentda texnologik forum tashkil etish, startaplar va SI-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shma venchur mexanizmlarini ishga tushirish kabi tashabbuslar ham qayd etilgan.
Nashr ekologik xavfsizlik masalasiga ham alohida eʼtibor qaratgan. Jumladan, O‘zbekiston tomonidan qurg‘oqchilik, tuproq degradatsiyasi va muzliklar erishini monitoring qilish bo‘yicha qo‘shma tizim yaratish, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida 2027-yilni “Atrof-muhitni muhofaza qilish yili” deb eʼlon qilish tashabbusi ilgari surilgani qayd etilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




