Yangi Toshkent va Yangi Qarshi shaharlarining barpo etilishi O‘zbekistonning modernizatsiyaga qaratilgan strategik yo‘nalishini aks ettiradi

Oktabr 30, 2026. 10:30 • 2 daq

• 140

VARSHAVA, 30-oktabr. /“Dunyo” AA/. Polshadagi qator nufuzli OAVda O‘zbekistonda bunyod etiladigan Yangi Qarshi loyihasi haqida maqolalar e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, “Tvn24” portalida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan Yangi Qarshi shahrini barpo etish loyihasiga alohida e’tibor qaratilgan. Loyihaga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatidagi Qarshi shahri yaqinida 5,2 ming gektar maydonda yangi shahar qurilishi rejalashtirilgan.

Loyiha doirasida viloyat ma’muriy idoralari va boshqa davlat muassasalarini yangi shaharga ko‘chirish, kongress-markaz, konsert zallari, mehmonxonalar, shuningdek, akvapark, sun’iy ko‘l va milliy hunarmandchilik hududini o‘z ichiga olgan yirik sayyohlik majmuasini barpo etish ko‘zda tutilgan.

“Naszdziennik” nashrida Yangi Qarshi shahri loyihasining asosiy ko‘rsatkichlari va infratuzilmaviy vazifalari yoritilgan. Unda yangi shahar Qashqadaryo viloyatidagi mavjud Qarshi shahri yaqinida, asosan, foydalanilmayotgan yerlar va yaylovlar hisobidan barpo etilishi ta’kidlangan. Muallifning yozishicha, xorijiy arxitektura kompaniyalarini loyihaga jalb qilish rejalashtirilgan.

“Stooq” portali Yangi Qarshi loyihasini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli shaharsozlik jarayonlari bilan bog‘liq holda yoritgan. Dastlabki bosqichda 500 ming nafar aholiga mo‘ljallangan shaharning istiqboldagi aholisi bir million kishiga yetishi mumkin.

Nashrda O‘zbekiston aholisi 39 milliondan oshgani va mamlakatda aholining o‘rtacha yoshi taxminan 29 yoshni tashkil etishi haqidagi ma’lumotlar ham keltirilgan. Bu raqamlar shahar infratuzilmasi, uy-joy va ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotgani nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish