Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 9-yilga oshdi

Iyun 29, 2026. 09:30 • 52 soniya

105
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 9-yilga oshdi

TOSHKENT, 29-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston doimiy aholisining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 2025-yil yakunlariga ko‘ra 75,4 yoshga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu 1991-yildagiga nisbatan 9-yilga ko‘pdir. 1991-yilda mamlakatda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 66,4 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, keyingi yillarda bu ko‘rsatkich 1995-yilda 69,1 yosh, 2000-yilda 70,8 yosh, 2005-yilda 71,8 yosh, 2010-yilda 73 yosh va 2015-yilda 73,6 yoshga yetgan.

2020-yilda pandemiya tufayli ko‘rsatkich biroz pasayib, 73,4 yoshni tashkil etdi, biroq keyingi yillarda ijobiy o‘sish sur’ati qayta tiklandi. 2024-yilda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,1 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilda yangi tarixiy eng yuqori ko‘rsatkich – 75,4 yoshga yetdi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining to‘qqiz yilga oshishi O‘zbekiston barqaror rivojlanishining eng yaqqol ko‘rsatkichlaridan biridir. Erishilgan natija aholi turmush sifati izchil yaxshilanib borayotganidan hamda mamlakatda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy siyosat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligidan dalolat beradi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish

Mavzuga oid