Kuvaytlik taniqli bloger Namanganda o‘tkazilgan Xalqaro maqom sanʼati anjumanini keng targ‘ib qildi

Iyun 29, 2026. 11:00 • 2 daq

53
Kuvaytlik taniqli bloger Namanganda o‘tkazilgan Xalqaro maqom sanʼati anjumanini keng targ‘ib qildi

AL-KUVAYT, 29-iyun. “Dunyo” AA. O‘zbekistonning Kuvaytdagi madaniyat va turizm elchisi, taniqli bloger Abdulkarim al-Hindol 23–26-iyun kunlari Namanganda bo‘lib o‘tgan III Xalqaro maqom sanʼati anjumanida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimizga navbatdagi safari davomida Abdulkarim al-Hindol Namangan viloyatining diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilib, turli foto va videomateriallar tayyorladi hamda ularni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida muntazam eʼlon qilib bordi.

Anjumanning ochilish marosimida bloger tadbir haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, tayyorlangan videokontentlarni namoyish qildi. O‘tkazilgan tadbirlar davomida ushbu videolavhalar ishtirokchilarga ham taqdim etildi.

Abdulkarim al-Hindol “Andijon – 2026-yilda turkiy dunyo madaniyat poytaxti” tadbirining ochilish marosimida ham qatnashib, mazkur tadbirga oid materiallarni o‘z sahifalarida yoritib bordi.

Blogerning taʼkidlashicha, anjuman jarayonida to‘plangan barcha foto va videomateriallar asosida maxsus kontent tayyorlab, uni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirishni rejalashtirgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish