O‘zbekistonga Indoneziya parlamenti delegatsiyasi tashrif buyurdi

Iyun 29, 2026. 11:20 • 56 soniya

8
O‘zbekistonga Indoneziya parlamenti delegatsiyasi tashrif buyurdi

TOSHKENT, 29-iyun. /“Dunyo” AA/. Bugun Indoneziya Xalq maslahati kengashi raisi Ahmad Muzani boshchiligidagi parlament delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Oliy Majlis yuqori palatasi axborot xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, tashrif doirasida Senat raisi Tanzila Narbayeva, Qonunchilik palata spikeri Nuriddin Ismoilovning delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan.

Shuningdek, Indoneziya parlamenti aʼzolari O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi faoliyati bilan tanishadi hamda savdo-iqtisodiy hamkorlikka doir tadbirlarda ishtirok etadi.

Delegatsiya aʼzolari Buxoro va Samarqand viloyatlarining tarixiy-madaniy merosi, ziyoratgohlari hamda sanoat va turizm salohiyati bilan tanishishi ham nazarda tutilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish