100 nafar “Prezident hojilari” Madinada kutib olindi

May 19, 2026. 18:06 • 51 soniya

105
100 nafar “Prezident hojilari” Madinada kutib olindi

MADINA, 19-may. /“Dunyo” AA/. 18-may kuni “Haj–2026” mavsumiga tayyorgarlik doirasida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan haj ziyoratini ado etish uchun yuborilgan 100 nafar ziyoratchi Saudiya Arabistoniga yetib keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Madina xalqaro aeroportida o‘zbekistonlik ziyoratchilarni yurtimizning Saudiya Arabistonidagi elchisi Nodirjon Turg‘unov boshchiligidagi diplomatlar hamda ushbu davlat rasmiylari kutib oldi.

Ziyoratchilar zamonaviy shinam avtobuslarda, politsiya hamrohligida mehmonxonaga joylashtirildi.

Guruh vakillari ko‘rsatilayotgan eʼtibor va g‘amxo‘rlik uchun O‘zbekiston Prezidentiga samimiy minnatdorlik izhor etib, yaratilgan sharoitlarni ziyoratchilarga bo‘lgan yuksak hurmat-ehtirom ifodasi sifatida qabul qilishini taʼkidladi.

Vatandoshlar davlatimiz rahbariga sihat-salomatlik tilab, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va O‘zbekistonning yanada ravnaq topishi uchun duo qilishini bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish