Varshavada O‘zbekiston–Polsha sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi
May 19, 2026. 19:18 • 2 daq
• 15VARSHAVA, 19-may. /“Dunyo” AA/. Qo‘qon va Navoiy erkin iqtisodiy zonalari delegatsiyasining Polshaga tashrifi amalga oshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekistonning Varshavadagi elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan xizmat safarida Polsha hukumati va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.
Delegatsiya vakillari Lyublin voyevodligi marshali o‘rinbosari Marek Voysexovskiy, Lyublin Savdo-sanoat palatasi prezidenti Dariush Yedlin, Lodz EIZ vitse-prezidenti Mixal Sobchak, Lodz voyevodaligi marshali idorasi vakili Milosh Voznyak, “PTAK Expo” ko‘rgazma majmuasining xalqaro yo‘nalishi rahbari Adam Щibur hamda mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Tomonlar O‘zbekiston mahsulotlarini Polsha va Yevropa Ittifoqi bozorlariga eksport qilishni kengaytirish, Qo‘qon va Navoiy erkin iqtisodiy zonalari (EIZ)ga Polsha kompaniyalarini jalb qilish, shuningdek, sanoat kooperatsiyasi va qo‘shma investitsiya loyihalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Muzokaralar davomida qator kelishuvlarga erishildi. Kelishuvlarga ko‘ra, Lyublin Savdo-sanoat palatasi va “UZE Export-Import” o‘rtasida O‘zbekiston mahsulotlarini Polsha bozoriga olib chiqish bo‘yicha hamkorlik qilish, “Wschodni Klaster ICT” ishtirokida EIZ korxonalariga raqamli yechimlarni joriy etish, Lodz EIZ bilan hamkorlikda Qo‘qon EIZga Polsha kompaniyalarini jalb qilish masalalari nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, tomonlar “Ptak Wholesale Centre”, “Pako Lorente”, “WALL” va “Boogie” kompaniyalari ishtirokida O‘zbekistondan Polsha va Yevropa Ittifoqi bozorlariga to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish hamda “AC S.A.” kompaniyasi bilan birgalikda “Qo‘qon” EIZda “LPG/CNG” uskunalari va avtomobil butlovchi qismlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha kelishib oldi.
Shuningdek, “PROMOSTAL”, “INTERTECH” va “SaMASZ” kompaniyalari tomonidan O‘zbekistonga metallurgiya konstruksiyalari hamda qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berish masalalari ham muhokama qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi








