14-avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi
Avgust 12, 2026. 15:30 • 2 daq
• 35
TOSHKENT, 12-avgust. /“Dunyo” AA/. 14 avgust kuni Toshkentda “Mustaqil O‘zbekiston – 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi.
Tadbir O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Adliya vazirligi, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti hamda Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tashkil etilmoqda.
Anjumanda milliy va xorijiy parlamentlar aʼzolari, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, ilmiy va ekspert doiralari vakillari ishtirok etadi.
Ishtirokchilar diqqat markazida O‘zbekistonning 35 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li yakunlari, konstitutsiyaviy islohotning mazmun-mohiyati va ahamiyati, parlamentarizmni rivojlantirish, milliy qonunchilikni takomillashtirish, iqtisodiy transformatsiya, inson kapitalini yuksaltirish hamda ekologik barqarorlik masalalari bo‘ladi.
Anjumanga Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiya parlamentlari, BMT, Osiyo taraqqiyot banki, YUNISEF va Yevropa Ittifoqi vakillari taklif etilgan.
Uchrashuv dasturidan yalpi majlis va uchta mavzuga oid sho‘ba yig‘ilishi o‘rin olgan. Muhokamalarda xalqaro tajribani inobatga olgan holda, rivojlanishning kelgusi ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Tadbir yakunida parlamentlararo hamkorlikni yana-da rivojlantirish, qonunchilik tajribasi almashinuvini kengaytirish va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishga qaratilgan Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi