Van Minmey: O‘zbekiston Prezidenti rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar barcha sohada yuksak natija bermoqda
Avgust 10, 2026. 08:10 • 2 daq
• 139
PEKIN, 10-avgust. /“Dunyo” AA/. Pekindagi “Psearcher” mediakompaniyasi menejeri Van Minmey O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yo‘lladi:
– Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar jamiyatning barcha jabhalarida yuksak natijalar bermoqda. Aholining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi yuksalib, kambag‘allik darajasi sezilarli darajada pasaydi.
O‘zbekistonga sarmoya kiritayotgan xorijiy korxonalar soni ko‘paydi, sayyohlar oqimi yil sayin ortib, respublikaning xalqaro nufuzi muttasil yuksalmoqda. Bu mamlakatni Markaziy Osiyoning eng jadal rivojlanayotgan davlatlaridan biriga aylantirmoqda.
2023-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan xitoylik sayyohlar soni 300 ming nafardan oshdi. Har ikki tomon ham yaqin kelajakda bu ko‘rsatkich millionga yetishiga, xitoylik sayohatchilar soni esa yana-da ko‘payishiga umid qilmoqda.
Joriy yilda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatilganiga 10 yil to‘ldi. O‘tgan o‘n yil mobaynida ikki tomonlama munosabatlarimiz yangi davrda har qanday sharoitga tayyor bo‘lgan keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi.
O‘zbekistonni mustaqilligining 35 yilligi bilan yana bir bor qutlayman. O‘zbekiston xalqiga tinchlik, baxt-saodat va yanada farovonlik tilayman.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi