22–24-sentyabr kunlari “Plastex Uzbekistan 2026” ko‘rgazmasi Markaziy Osiyo polimer bozori yetakchilarini birlashtiradi

Sentabr 07, 2026. 10:00 • 4 daq

112
22–24-sentyabr kunlari “Plastex Uzbekistan 2026” ko‘rgazmasi Markaziy Osiyo polimer bozori yetakchilarini birlashtiradi

TOSHKENT, 7-sentabr. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 22–24-sentyabr kunlari Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz”da “Plastmassa sanoati – Plastex Uzbekistan 2026” 16-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu plastmassa sanoati namoyishi “Iteca Exhibitions” xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi hamda “ICA Eurasia Group” hamkorligida tashkil etiladi. Ko‘rgazma “O‘zkimyosanoat” AJ rasmiy ko‘magida o‘tkazilmoqda.

“Plastex Uzbekistan 2026” Markaziy Osiyo polimer bozori uchun mavsumning asosiy bitimi sifatida ko‘rilmoqda.

“Plastex Uzbekistan” har yili kuzda Toshkent shahrida uskunalar ishlab chiqaruvchilar, xomashyo yetkazib beruvchilar, qayta ishlovchilar, muhandislar va polimer sanoati korxonalari rahbarlarini jamlaydi. O‘zbekistondagi yagona ixtisoslashtirilgan plastmassa sanoati ko‘rgazmasi sifatida u har yili kimyo va polimer komplekslarining eng yangi ishlanmalarini namoyish etadi.

Bu galgi ko‘rgazmada Avstriya, Eron, Germaniya, Hindiston, Italiya, Latviya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Xitoy, O‘zbekistondan 250 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Ko‘rgazmaning yangi ishtirokchilari orasida ilk bor o‘z yechimlarini o‘zbekistonlik mutaxassislarga taqdim etadigan kompaniyalar ham bor. “Koenig&Bauer Kammann GmbH” (Germaniya) 70 yildan ortiq vaqt davomida plastik idishlarni bezash bo‘yicha to‘liq avtomatik bosma mashinalarning yetakchi ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.

“Definitive Innovation” (Italiya) – dozalash, aralashtirish, filtrlash, saqlash, pnevmatik tashish va sanoat avtomatlashtirish texnologiyalari bo‘yicha ilg‘or yechimlar sohasida ishonchli hamkor hisoblanadi.

Shuningdek, yana bir Italiya kompaniyasi – “PLAS MEC S.R.L.” PVX, plastmassa, superkonsentratlar, kukunli qoplamalar, konstruksion plastmassalar va boshqa yuqori sifatli materiallar uchun aralashtirish tizimlarining yetakchi ishlab chiqaruvchisi sifatida jahon miqyosida eʼtirof etiladi.

Turkiyaning “TERMOKAR MAKİNA” kompaniyasi plastmassa, rezina, tibbiyot, farmatsevtika, oziq-ovqat va avtomobilsozlik kabi sohalar uchun yuqori samarali chillerlar va issiqlik almashinuvi yechimlarini taklif etadi.

Ko‘rgazmada mahalliy korxonalarni termoelastoplastlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning yetakchi ishlab chiqaruvchisi sanalgan yurtimizdagi “NOVOPLAST TPE” kompaniyasi namoyish qiladi.

Tashrif buyuruvchilar plastmassa ishlab chiqarish va qayta ishlash uchun zamonaviy uskunalar, polimer xomashyosi va maxsus qo‘shimchalar, press-qoliplar, periferik uskunalar, qadoqlash va qayta ishlash sanoati uchun yechimlar bilan tanishishi mumkin bo‘ladi.

“Plastex Uzbekistan” ko‘rgazmasining asosiy afzalliklaridan biri uning amaliy formatidir. Tashrif buyuruvchilar uskunalarni amalda ko‘rishi, kompaniyalar vakillaridan maslahat olishi va ishlab chiqaruvchi hamda yetkazib beruvchilar bilan texnik masalalarni bevosita muhokama qilishi mumkin bo‘ladi.

2025-yildan boshlab “Plastex Uzbekistan” qadoqlash, qayta ishlash va tegishli texnologiyalar yo‘nalishlarini birlashtirgan holda “4P Central Asia” bilan hamkorlikda o‘tkaziladi. Bunday format ekspozitsiyani kengaytiradi va mutaxassislarga bir tashrif davomida bir nechta o‘zaro bog‘langan sohalarning takliflari bilan tanishish imkonini beradi.

Ko‘rgazma bo‘limlari:

• Plastmassa ishlab chiqarish va qayta ishlash uchun uskunalar

• Xomashyo va yordamchi materiallar

• Polimer materiallar va qo‘shimchalar

• Press-qoliplar.

• Periferik uskunalar

• Ikkilamchi qayta ishlash va utilizatsiya qilish texnologiyalari

• Plastmassa buyumlari

• Qadoqlash va poligrafiya uchun uskunalar

Bu yil ko‘rgazmani nufuzli homiylar jamoasi qo‘llab-quvvatlamoqda: “Sedir & Yizumi” ko‘rgazmasining oltin homiysi – dunyodagi yetakchi TPA ishlab chiqaruvchisi “Yizumi” brendining Markaziy Osiyodagi eksklyuziv distribyutori hisoblanadi.

Kumush homiy “Alvina L Chemical” – bu sanoat kimyosi va xomashyo materiallari uchun ilg‘or yechimlar topadigan kompaniyadir. Bu kumush homiy “Haitian” – plastikni bosim ostida quyish va sanoat mashinasozligi sohasida jahon etaloni hisoblanadi.

Kimyo va polimer sanoati O‘zbekiston sanoatini modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda: polimerlarni ishlab chiqarish va qayta ishlashning o‘sishi zamonaviy uskunalar, xomashyo va texnologiyalarga barqaror talabni shakllantirmoqda.

Bunday sharoitda “Plastex Uzbekistan” xorijiy uskunalar va xomashyo ishlab chiqaruvchilar, savdo palatalari va ixtisoslashtirilgan uyushmalar uchun muhim B2B platforma hisoblanadi. Bu yerda O‘zbekiston bozorining dolzarb ehtiyojlarini bevosita o‘rganish, mahalliylashtirish va eksport istiqbollarini baholash, sohaning asosiy korxonalari bilan bevosita aloqalar o‘rnatish mumkin.

Rasmiy delegatsiyalar uchun ko‘rgazma polimer sanoatining investitsiya va savdo salohiyatini baholash vositasi sifatida amaliy ahamiyatga ega – O‘zbekiston bozori nuqtai nazaridan ham, ko‘rgazmada yetakchi jahon ishlab chiqaruvchilari tomonidan taqdim etilgan ilg‘or jahon texnologiyalari kontekstida ham.

Tashrif buyuruvchilarni ro‘yxatga olish https://bit.ly/plastex_dunyo_uz havolasi orqali boshlangan.

Maʼlumot uchun telefon: (+998 71) 205-14-14.

Ekspozitsiya, biznes dasturi va tashrif shartlari haqida batafsil maʼlumotni ko‘rgazmaning www.plastex.uz rasmiy veb-saytidan olishingiz mumkin.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish