O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Pokistonda mashhur jurnalning maxsus soni chop etildi

Sentabr 07, 2026. 11:00 • 2 daq

32
O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Pokistonda mashhur jurnalning maxsus soni chop etildi
O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Pokistonda mashhur jurnalning maxsus soni chop etildi
O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Pokistonda mashhur jurnalning maxsus soni chop etildi

ISLOMOBOD, 7-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Pokistonning “INVOICE” jurnalining O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus soni chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda yurtimizning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari, davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari, xalqaro maydonda ilgari surayotgan tashabbuslari, boy madaniy-maʼrifiy va tarixiy merosi hamda boshqa mavzularga bag‘ishlangan materiallar eʼlon qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Yangi Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim haqidagi maqola jurnalning bosh sahifasida chop etildi.

Vatan ravnaqi va yurt taraqqiyoti yo‘lida fidokorona mehnat qilib, yuksak vatanparvarlik ruhi bilan o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan yurtdoshlarimizning davlat oliy mukofotlari bilan taqdirlangani haqida ham material yoritilgan.

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi iqtisodiy, savdo va investitsiyaviy munosabatlarning hozirgi bosqichi, ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlar hamda istiqbolli yo‘nalishlarga bag‘ishlangan maqolalar ham mushtariylar eʼtiborini tortadi.

Jurnalda O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayev bilan eksklyuziv intervyu chop etilgan. Unda O‘zbekiston mustaqillikning 35 yili davomida mamlakatimizda erishilgan muhim natijalar haqida so‘z yuritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi strategik sheriklikning bugungi holati, ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishi xususida to‘xtalib o‘tilgan.

O‘zbekistonning boy turistik salohiyati, jumladan, qadimiy va tarixiy shaharlarimiz – Xiva, Samarqand va Buxoro haqidagi materiallar ham mushtariylar eʼtiboriga taqdim etilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish