24–25-iyul kunlari Samarqand Birodar shaharlar xalqaro forumi ishtirokchilarini qabul qiladi
Iyul 16, 2026. 18:00 • 2 daq
• 42
SAMARQAND, 16-iyul. /“Dunyo” AA/. 2026-yil 24–25-iyul kunlari Samarqand shahrida Birodar shaharlar xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Forum O‘zbekistonning xalqaro hamkorligini yana-da kengaytirish, shaharlar o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini mustahkamlash va xalq diplomatiyasini rivojlantirishga qaratilgan muhim xalqaro muloqot maydoniga aylanadi.
Forum doirasida:
· O‘zbekiston va xorijiy davlatlar shaharlarining o‘zaro hamkorligini rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman;
· Sohalar kesimida panel sessiyalar va davra suhbatlari;
· Birodar shaharlar o‘rtasida hamkorlik memorandumlari va bitimlarini imzolash marosimlari;
· Xalq diplomatiyasi va hududlararo hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan taqdimotlar;
· Xorijiy delegatsiyalar ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbirlar;
· Samarqandning tarixiy-madaniy obidalari bo‘ylab tanishuv sayohatlari;
· O‘zbekiston hududlarining investitsiyaviy, turistik va madaniy salohiyatini namoyish etuvchi ko‘rgazmalar o‘tkaziladi.
Tashkilotchilarning fikricha, Birodar shaharlar xalqaro forumi sheriklikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda turli mamlakatlar shaharlari o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim platformaga aylanadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi