4–5-iyun kunlari O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi

Iyun 02, 2026. 22:00 • 58 soniya

2
4–5-iyun kunlari O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi

TOSHKЕNT, 2-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 45-iyun kunlari amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti “Pragmatik muloqot – barqaror kelajak sari yo‘l” shiori ostida o‘tadigan 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.

O‘zbekiston yetakchisi jahon iqtisodiyotidagi vaziyat, O‘zbekiston – Rossiya iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish istiqbollari borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashadi, shuningdek, mamlakatimizni rivojlantirishning bugungi ustuvor yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tadi.

Tashrif dasturida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazish hamda yurtimizda birinchi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimida ishtirok etish ko‘zda tutilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish