6–8-oktabr kunlari O‘zbekiston poytaxtida an’anaviy “Aquatherm Tashkent 2026” ko‘rgazmasi qurilish va kommunal infratuzilmani rivojlantirish uchun eng so‘nggi texnologiyalarni taqdim etadi

Sentabr 30, 2026. 11:00 • 4 daq

• 109
6–8-oktabr kunlari O‘zbekiston poytaxtida an’anaviy “Aquatherm Tashkent 2026” ko‘rgazmasi qurilish va kommunal infratuzilmani rivojlantirish uchun eng so‘nggi texnologiyalarni taqdim etadi

TOSHKЕNT, 30-sentabr. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 6–8-oktabr kunlari poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da “Isitish, ventilyatsiya, havoni isitish va sovutish, suv ta’minoti, santexnika, basseynlar, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari, muqobil energiya manbalari – Aquatherm® Tashkent 2026” 14-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ko‘rgazmada uskunalar ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar, distribyutorlar va dilerlar, bozorning asosiy mutaxassislari – montajchilar, quruvchilar, muhandislik tizimlari loyihachilari, qurilish va kommunal tashkilotlar vakillari, soha ekspertlari hamda professional birlashmalar ishtirok etadi.

Tashkilotchilar: “Iteca Exhibitions” xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori “ICA Eurasia Group”. Ko‘rgazma O‘zbekiston Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy ko‘magida o‘tkazilmoqda.

“Aquatherm Tashkent” – O‘zbekistondagi yetakchi ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma bo‘lib, u HVAC, suv ta’minoti, santexnika va turdosh sohalardagi eng so‘nggi ishlanmalar va kompleks yechimlarni taqdim etadi. 14 yildan buyon ushbu tadbir zamonaviy uskunalarni namoyish etish, kasbiy tajriba almashish va ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirish uchun asosiy maydon bo‘lib qolmoqda.

Mazkur ko‘rgazma O‘zbekistondagi barcha turdagi muhandislik yechimlari – isitish va issiq suv ta’minoti, ventilyatsiya, konditsionerlash va sovutish uskunalari, suvni tozalash tizimlari, drenaj va kanalizatsiya, gaz ta’minoti, quvurlar, fitinglar va armatura, santexnika uskunalari, basseynlar, saunalar va spa-markazlari uchun yechimlar, o‘lchash asboblari va avtomatlashtirish, asboblar va montaj texnologiyalarini taqdim etadigan yagona ixtisoslashgan ko‘rgazmadir. Alohida yo‘nalishlar suv va issiqlik resurslarini boshqarish hamda oqova suvlarni tozalashga bag‘ishlanadi.

Joriy yilda ko‘rgazmada Belarus, Eron, Germaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Polsha, Qozog‘iston, Rossiya, Turkiya, Xitoy, O‘zbekiston kabi 11 mamlakatdan 200 dan ortiq kompaniya va brendlar qatnashishi rejalashtirilgan.

Ishtirokchilar orasida – “CLIMADENS PRO”, “AKFA”, “BOSCH”, “BUDERUS”, “BESTERM ITERMIC”, “TЕPLЫY VOZDUX”, “FORMAT”, “ROLS ISOMARKET”, “TЕRMAFLЕKS IZOLYATSIYA”, “DAIKIN”, “HAIER”, “THAICON”, “HITIUM”, “LESSO”, “TOKAMNЕT”, “NYUTЕRM”, “AKVADIS”, “PK KONTUR”, “CRAFT”, “ZIP24”, “NIMBUS”, “SANTIM”, “OSTЕNDORF RUS”, “EDЕLVAYS” kabi nufuzli kompaniyalar turli segmentlarda, keng iste’molchilar doirasi uchun qulay variantlarda o‘z mahsulotlarini taklif etadi.

Bu yilgi yangilik oqova suvlarni tozalash yo‘nalishi bo‘lib, u suv resurslari taqchilligi, aholi sonining o‘sishi, infratuzilmaning eskirgani va suv havzalarining sanoat va kommunal oqova suvlar bilan ifloslanishi sharoitida O‘zbekiston uchun dolzarb hisoblanadi. Ko‘rgazma doirasida ekspert chiqishlari, kasbiy mahorat tanlovlari, amaliy mahorat darslari o‘tkaziladi.

“Aquatherm Tashkent 2026” xorijiy asbob-uskunalar va xomashyo ishlab chiqaruvchilari, savdo-sanoat palatalari va ixtisoslashgan uyushmalar uchun ham qiziqish uyg‘otadi. Ular O‘zbekistonni ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish va yangi hamkorlarni qo‘lga kiritish uchun istiqbolli bozor deb biladi. 

Ko‘rgazma muhandislik infratuzilmasi, suv ta’minoti, suvni tozalash, isitish, ventilyatsiya va resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha zamonaviy yechimlarni izlayotgan rasmiy delegatsiyalar, qurilish sanoati va kommunal xizmatlar vakillari uchun tarmoq platformasi bo‘lib xizmat qiladi.

Har yili “Aquatherm Tashkent” professional hamjamiyatning uchrashuv joyiga aylanadi. Bu yerda yangi texnologiyalar va uskunalarni amalda ko‘rish, maslahatlar olish, to‘g‘ridan to‘g‘ri biznes aloqalarini o‘rnatish, istiqbolli loyihalarni muhokama qilish va qurilish hamda infratuzilma obyektlari uchun yechimlarni topish mumkin.

“Aquatherm Tashkent”ga O‘zbekistonning barcha hududlari va xorijdan tashrif buyuruvchilar bozor taklif etayotgan mahsulotlarni ko‘rish, mavjud texnologiyalar va uskunalarni solishtirish, ishonchli yetkazib beruvchilarni topish va o‘z vazifalari uchun mos yechimlarni aniqlash maqsadida kelishadi. 

Shu bois ko‘rgazma kelgusi yil uchun muhandislik bozorini rivojlantirishning yangi bosqichining boshlang‘ich nuqtasi – yangi biznes aloqalari shakllanadigan, keyingi ishlar uchun yo‘nalishlar paydo bo‘ladigan va kelajakdagi loyihalar uchun asos yaratiladigan joyga aylanmoqda.

https://bit.ly/ATT_Dunyo_uz havolasi orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish va onlayn ruxsatnoma olish tavsiya etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar www.aquatherm-tashkent.uz saytida yoki +998 71 205 14 14 telefon raqami orqali olish mumkin.

“Aquatherm® Tashkent” ko‘rgazmasi Avstriyaning “Wiener Messe und Congress GmbH” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan HVAC sohasidagi dunyoga mashhur “Aquatherm®” ko‘rgazma brendi ostida o‘tkaziladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish