Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik aloqalari kengaytiriladi
Dekabr 01, 2025. 10:03 • 39 soniya
• 122
TOKIO, 2-dekabr. /“Dunyo” AA/. Yurtimizning Yaponiyadagi elchisi Muxsinxo‘ja Abdurahmonov Yaponiya davlat tashqi ishlar vaziri Ayano Kunimitsu bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda davlat vaziri O‘zbekiston Yaponiya uchun muhim strategik hamkor davlat ekanini taʼkidlab, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan uzoq yillik hamkorlik aloqalarini yuksak qadrlashini maʼlum qildi.
Suhbatda so‘nggi yillarda Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, turizm sohalaridagi hamkorlik aloqalari tobora kengayib borayotgani eʼtirof etildi.
Jumladan, joriy yilning avgust oyida Yaponiya tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga tashrifi hamda ilk marotaba o‘tkazilgan ikki mamlakat TIV rahbarlarining strategik muloqoti natijalari o‘zaro hamkorlik aloqalarini faollashtirishga katta hissa qo‘shgani taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida tashqi ishlar vaziri bilan ikki tomonlama hamkorlikni yana-da kengaytirish va rivojlantirish bo‘yicha muloqotlarni muntazam ravishda davom ettirishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi