Andijon va Minsk viloyatlari tibbiyot, ta’lim va biznes sohalarida hamkorlik ko‘lamini kengaytirmoqda

Sentabr 29, 2026. 09:30 • 2 daq

• 5
Andijon va Minsk viloyatlari tibbiyot, ta’lim va biznes sohalarida hamkorlik ko‘lamini kengaytirmoqda
Andijon va Minsk viloyatlari tibbiyot, ta’lim va biznes sohalarida hamkorlik ko‘lamini kengaytirmoqda
Andijon va Minsk viloyatlari tibbiyot, ta’lim va biznes sohalarida hamkorlik ko‘lamini kengaytirmoqda

MINSK, 29-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Minsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksey Kushnarenko boshchiligidagi Belarus delegatsiyasining O‘zbekistonga amaliy tashrifi doirasida Andijon viloyatida mahsuldor uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Belarus delegatsiyasining tashrifi ikki davlat rahbarlarining o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini kelgusi yillarda 2 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha erishgan kelishuvlarini amalga oshirish doirasida tashkil etildi.

Belarus vakillari mashinasozlik sohasidagi kooperatsiya istiqbollarini muhokama qilish uchun "UzAuto Motors" AJ avtomobisozlik flagmani va "ADM Global" avtoklasterining yig‘uv maydonchalarida bo‘ldilar.

Shuningdek, Minsk delegatsiyasi Oltinko‘l tumanidagi mashhur Belarus brendi – "Mark Formelle" faoliyati bilan tanishdi. Ushbu korxona mintaqadagi muvaffaqiyatli iqtisodiy hamkorlikning yaqqol namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Andijonga tashrifning asosiy amaliy natijalaridan biri sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi hujjatning imzolanishi bo‘ldi.

Asosiy e’tibor birlamchi va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, akusherlik va ginekologiya sohasida birgalikda ishlashga qaratildi. Loyihalar amaliyotchi shifokorlar o‘rtasida tajriba almashish, qo‘shma maslahatlar o‘tkazish va Andijon viloyati tibbiyot amaliyotiga ilg‘or Belarus metodikalarini joriy etishni o‘z ichiga oladi.

Tomonlar manfaatlarining kesishish nuqtalaridan yana biri kasbiy ta’lim sohasi bo‘ldi. Minsk viloyat ijroiya qo‘mitasi ta’lim bosh boshqarmasi rahbariyati o‘zbekistonlik hamkasblar bilan Andijon viloyati yoshlarini Minsk viloyatining yetakchi kollejlarida o‘qitish istiqbollarini muhokama qildilar.

O‘tkazilgan muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlarni aniq iqtisodiy ko‘rsatkichlar va investitsiya loyihalariga aylantiradigan batafsil "yo‘l xaritalari" shakllantiriladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish