O‘zbekiston biznes-delegatsiyasi Belgiya va Lyuksemburgda amaliy kelishuvlarga erishdi
Sentabr 28, 2026. 21:00 • 57 soniya
• 57
BRYUSSEL, 28-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O‘zbekiston biznes-delegatsiyasi Belgiya va Lyuksemburgga tashrif buyurib, Yevropa kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazdi hamda qator amaliy kelishuvlarga erishdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Tashrif davomida mahalliy va Yevropa biznesi vakillari bilan B2B formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar investitsiyalar, transport bog‘liqligi, Yevropa Ittifoqi bozorlariga chiqish, moliyaviy hamkorlik va raqamli xizmatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasida Yevropa komissiyasi va Yevropa investitsiya banki vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Investitsiyaviy hamkorlik, "Global Gateway" tashabbusi, transport infratuzilmasi va xususiy sektor bilan o‘zaro hamkorlik uchrashuvning asosiy mavzulari bo‘ldi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, logistika aloqalarini rivojlantirish, O‘zbekiston mahsulotlarini Belgiya bozoriga yetkazib berish, farmatsevtika sohasida texnologik va investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi