O‘zbekiston va Malayziya universitetlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Sentabr 28, 2026. 21:30 • 2 daq

• 212
O‘zbekiston va Malayziya universitetlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

KUALA-LUMPUR, 28-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Kuala-Lumpurda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Malayziyaning "UCSI University" o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Hujjatni O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja hamda "UCSI Group" va "UCSI University" vakillari Piter Ng va Hamiza binti Tapsir imzoladi.

Tomonlar ta’lim va ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish, xalqaro ta’lim grantlarida ishtirok etish va akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirishga kelishib oldi.

1986-yilda tashkil etilgan "UCSI University" Malayziyadagi yetakchi xususiy OTMlar qatoriga kiradi. "QS World University Rankings 2026" reytingida universitet 269-o‘rinni egallagan.

Universitetning Kuala-Lumpur, Bandar-Springxill va Kuchingda kampuslari, uchta mamlakatda xorijiy filiallari mavjud. Unda 120 dan ortiq mamlakatdan 20 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda.

"UCSI University" axborot texnologiyalari, biznes, muhandislik, tibbiyot, farmatsevtika, arxitektura, turizm, musiqa, san’at va dizayn sohalari bo‘yicha 150 dan ortiq bakalavriat va magistratura dasturlarini taklif etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish