O‘sh davlat universitetida O‘zbekistonning mintaqa davlatlari hamkorligini mustahkamlashdagi roli muhokama qilindi

Sentabr 28, 2026. 20:30 • 2 daq

• 40
O‘sh davlat universitetida O‘zbekistonning mintaqa davlatlari hamkorligini mustahkamlashdagi roli muhokama qilindi

O‘Sh, 28-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘sh davlat universitetida mazkur ta’lim muassasasi rektorati rahbariyati va talabalar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda O‘zbekiston elchisi Saidikram Niyazxodjayev, Ozarbayjon elchisi Latif Gandilov va Tojikiston elchisi Alizoda Nazirmad “Mustaqillik — taraqqiyot, tinchlik va yaxshi qo‘shnichilik asosi” mavzusida ma’ruza qildi.

Tadbirda Tashqi ishlar vazirligining Qirg‘izistonning O‘sh, Jalolobod va Botken viloyatlaridagi Vakolatli vakolatxonasi xodimi ham ishtirok etdi.

O‘sh davlat universiteti rektori Kudayberdi Kojobekovning so‘zlariga ko‘ra, O‘shDU hozirda xalqaro standartlarga muvofiq rivojlanib borayotgan ko‘p tarmoqli, ochiq va zamonaviy universitet hisoblanadi.

Uning qayd etishicha, “QS Asia University Rankings 2026” reytingida O‘shDU 1526 ta universitet orasida 316-o‘rinni, Markaziy Osiyoning 74 ta universiteti orasida esa 22-o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, “QS World University Rankings for Sustainable Development 2026” reytingida universitet 1501-o‘rinni egalladi.

O‘shDU dunyoning 30 ta davlatidagi 300 dan ortiq oliy ta’lim muassasasi bilan ikki tomonlama hamkorlik shartnomalariga ega.

Xususan, O‘shDU O‘zbekistonning 70 ta universiteti bilan tuzilgan shartnomalar asosida hamkorlik qilmoqda. Bu hamkorlik o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, mehmon ma’ruzalarini tashkil etish va ta’lim dasturlarini amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Qirg‘iz tili va madaniyati markazi, O‘sh davlat universitetida esa O‘zbek tili va madaniyati markazi faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston, Ozarbayjon va Tojikiston elchilari o‘z chiqishlarida o‘z davlatlari mustaqilligining ahamiyati, shuningdek, mustaqil taraqqiyot yillarida turli sohalarda qo‘lga kiritilgan salmoqli yutuqlar haqida so‘zlab berdilar.

Bundan tashqari, tadbir davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, Islom sivilizatsiyasi markazining roli va faoliyati, o‘zbek-qirg‘iz munosabatlarining rivojlanishi, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon birdamligini mustahkamlashdagi o‘rni hamda mintaqada amalga oshirilayotgan megaloyihalar ta’kidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish