Logo

Ashxobodda Navoiy va Bobur tavalludiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Fevral 09, 2026. 14:59 • 59 soniya

3

ASHXOBOD, 9-fevral. /“Dunyo” AA/. Ashxobod shahridagi Turkman milliy jahon tillari institutida buyuk o‘zbek shoirlari, mutafakkir va davlat arboblari Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bag‘ishlangan madaniy tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, tarixchi olimlar, adabiyotshunoslar hamda Ashxobodda faoliyat yuritayotgan diplomatik missiyalar vakillari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar Navoiy va Boburning beqiyos adabiy merosi besh asrdan ortiq vaqt davomida insoniyatni ezgulikka va maʼnaviy kamolotga chorlab kelayotganini taʼkidladi. Ushbu ikki buyuk siymo ijodi turkman va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi mustahkam maʼnaviy ko‘prik va mintaqa xalqlarini birlashtiruvchi umumiy madaniy meros sifatida eʼtirof etildi.

Tadbirning badiiy qismida institut talabalari mutafakkirlarning g‘azal va ruboiylarini o‘zbek, turkman, ingliz va rus tillarida mahorat bilan o‘qib berdi.

Shuningdek, Navoiy va Bobur asarlari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Konsert dasturida ijro etilgan klassik musiqa namunalari hamda ikki xalqning anʼanaviy raqslari tadbirga bayramona shukuh bag‘ishladi.

Mazkur madaniy-adabiy tadbir O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Ishtirokchilar bunday maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar yosh avlodni milliy anʼanalarga hurmat va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanini alohida qayd etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish