Logo

Rossiyaning Omsk viloyatida 9 ming nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi migratsiya ro‘yxatiga olingan

Fevral 27, 2026. 20:12 • 2 daq

181
Rossiyaning Omsk viloyatida 9 ming nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi migratsiya ro‘yxatiga olingan
Rossiyaning Omsk viloyatida 9 ming nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi migratsiya ro‘yxatiga olingan
Rossiyaning Omsk viloyatida 9 ming nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi migratsiya ro‘yxatiga olingan

OMSK, 28-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsuli Aslam Akbarov Rossiya Ichki ishlar vazirligining Omsk viloyati bo‘yicha Migratsiya masalalari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Irina Golikova bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda asosiy eʼtibor Omsk viloyati hududida O‘zbekiston fuqarolarining manfaatlarini himoya qilish va qonuniy huquqlarini taʼminlash muhimligiga qaratildi.

Qayd etilishicha, ayni paytda Omsk viloyatida 9 ming 180 nafar O‘zbekiston fuqarosi migratsiya ro‘yxatiga olingan. Ulardan 7 mingdan ortig‘i mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida bo‘lib turibdi. Fuqarolarimizning aksariyat qismi qurilish, umumiy ovqatlanish (oshpazlar) va xizmat ko‘rsatish sohalarida mehnat qilmoqda.

Rossiyaning ushbu mintaqasida migratsiya holati eng barqaror holatlardan biri bo‘lib qolmoqda. Rossiyaning ushbu mintaqasi hududida bo‘lib turgan chet el fuqarolarining umumiy sonidan o‘zbekistonliklar qozog‘istonliklardan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi.

O‘z navbatida, Rossiya tomonining eʼtibori O‘zbekiston fuqarolarining Novosibirskdagi Bosh konsulxona bilan doimiy aloqada bo‘lishi, zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatish muhimligiga qaratildi.

Xorijiy fuqarolar uchun mo‘ljallangan maxsus muassasada saqlanayotgan hamyurtlarga Vatanga qaytish guvohnomalari topshirildi.

Bosh konsulxona va mintaqaviy boshqarma o‘rtasidagi yaqin va samarali hamkorlik alohida taʼkidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish