Ashish Shoh: O‘zbekistonda to‘g‘ri sarmoyaviy muhit yaratilgan

Iyun 17, 2026. 16:30 • 2 daq

10
Ashish Shoh: O‘zbekistonda to‘g‘ri sarmoyaviy muhit yaratilgan

TOSHKЕNT, 17-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etayotgan Hindistonning “Gold Star Jewelry Pvt. Ltd.” shirkati boshqaruvchi direktori Ashish Shoh “Dunyo” AA muxbiriga bergan intervyusida forum haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi:

– Ismim Ashish Shoh. Men Hindistonning “Gold Star Jewelry Pvt. Ltd.” shirkati boshqaruvchi direktoriman. O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurishim.

O‘zbekistonni “Google”dan qidirganimda, bu MDH davlatlaridan biri ekanini ko‘rgan edim. Bu yerda qanday odamlar, qanaqa madaniyat borligini bilmasdim, biroq odamlar va ularning samimiy kutib olishidan hayratda qoldim. Internetda ko‘rganlarimiz bilan bu yerdagi holat ikki xil narsa ekan. Bu yerdagi muhit ancha yaxshi, forumning o‘zi esa shunchaki ajoyib.

Biz bu yerga O‘zbekistonga ko‘proq sarmoya kiritish va qo‘shma korxonalar tashkil etish uchun keldik. Ayni paytda yangi hamkorlik yo‘llarini izlayapmiz va o‘rganyapmiz. O‘zbekistonda juda yaxshi ishbilarmonlik muhiti shakllangan. Mamlakat turli davlatlardan sarmoyadorlarni taklif etmoqda va bu yerda to‘g‘ri sarmoyaviy muhit yaratilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish