Logo

Singapurda O‘zbekiston turizm salohiyatiga bag‘ishlangan B2B roud-shou bo‘lib o‘tdi

Fevral 01, 2026. 10:43 • 42 soniya

16
Singapurda O‘zbekiston turizm salohiyatiga bag‘ishlangan B2B roud-shou bo‘lib o‘tdi

SINGAPUR, 1-fevral. /“Dunyo” AA/. Singapurda O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib etishga qaratilgan B2B formatidagi roud-shou bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri­­­­­­­.

Tadbirda O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi, “Uzbekistan Airways” AJ hamda mamlakatimizning yetakchi turoperatorlari vakillari ishtirok etdilar. O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasidan yurtimizga sayohat qilish uchun mavjud logistik imkoniyatlar, yangi yo‘nalishlar va boy turistik salohiyat haqida taqdimot o‘tkazdilar.

Tadbirda qatnashgan Singapur turizm industriyasining yirik vakillari, O‘zbekistonning tarixiy shaharlari, ziyorat turizmi va madaniy merosiga katta qiziqish bildirdilar. Mazkur platforma ikki mamlakat turoperatorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish hamda singapurlik sayyohlar uchun maxsus turpaketlarni shakllantirish imkonini berdi.

Mutaxassislarning fikricha, ushbu roud-shou doirasida kelishilgan yangi qo‘shma loyihalar O‘zbekistonning Singapur turistik bozoridagi mavqeini mustahkamlashga va mamlakatimizga keluvchi sayyohlar oqimini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish