Logo

Tailandda O‘zbekiston milliy turizm salohiyati namoyish etildi

Yanvar 26, 2026. 08:00 • 41 soniya

233
Tailandda O‘zbekiston milliy turizm salohiyati namoyish etildi

BANGKOK, 26-yanvar. /“Dunyo” AA/. Bangkok shahrida 31-Tailand xalqaro sayyohlik yarmarkasida O‘zbekistonning turizm salohiyati keng namoyish etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu xalqaro tadbirda O‘zbekiston bosh konsulxonasi, “Uzbekistan Airways” AJ va o‘zbekistonlik turoperatorlar vakillari ishtirok etdi.

Ko‘rgazmada 600 dan ortiq ishtirokchilar, jumladan, xalqaro va mahalliy aviakompaniyalar, sayyohlik agentliklari, turizmni targ‘ib qiluvchi tashkilotlar, mehmonxonalar tarmog‘i o‘z sayyohlik mahsulotlari va targ‘ibot nashrlarini namoyish etdi. Ikki kun davom etgan ko‘rgazma qariyb 150 ming ishtirokchini qamrab oldi.

Yarmarkada Vatanimizning boy madaniy merosi, nafis tarixiy obidalari, betakror milliy meʼmorchiligi, xalqimiz milliy liboslari va hunarmandchilik namunalari taqdim qilindi.

Respublikamizning gastronomik va ziyorat turizm sohasidagi jozibadorligi tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. “O‘zbekiston” stendi ishtirokchilari milliy o‘zbek liboslarini kiyib ko‘rib, mamlakatimiz madaniyatini yaqindan his etish imkoniga ega bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish