Bayar O‘zsoy: Ikki davlat, yagona yurak: ildizlarimiz bir, ko‘ngillarimiz bir

Noyabr 20, 2026. 12:30 • 2 daq

• 43
Bayar O‘zsoy: Ikki davlat, yagona yurak: ildizlarimiz bir, ko‘ngillarimiz bir
Bayar O‘zsoy: Ikki davlat, yagona yurak: ildizlarimiz bir, ko‘ngillarimiz bir

ANQARA, 20-noyabr. /“Dunyo” AA/. Turkiya Buyuk Millat Majlisi deputati Bayar O‘zsoy O‘zbekistonga tashrifi davomida Toshkent haqidagi taassurotlarini ijtimoiy tarmoqlarda bayon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bayar O‘zsoyning fikrlari qator turk ommaviy axborot vositalarida ham e’lon qilindi.

Kayseri viloyatidan saylangan deputat O‘zbekistonga tashrifi davomida poytaxtimizdagi Ekoparkda bo‘lib, shaharning zamonaviy qiyofasi, yashil hududlari va aholi dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston–Turkiya parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi, deputat Usmon Mesten hamda Kayseridagi Turkiy dunyo tadbirkorlari uyushmasi (KAYTÜGİAD) vakillari ham ishtirok etdi.

Mehmonlar Ekoparkning yashil maydonlari, sayr yo‘laklari va obodonlashtirilgan hududlarini ko‘zdan kechirib, Toshkentda shaharsozlik, ko‘kalamzorlashtirish va aholi uchun qulay muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashdi.

Bayar O‘zsoy ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida O‘zbekiston va Turkiyani mushtarak tarix, madaniyat va qadriyatlar bog‘lab turishini ta’kidladi. U O‘zbekistonni nafaqat do‘st mamlakat, balki umumiy tarix va madaniyatga ega qardosh yurt sifatida e’tirof etdi.

Deputat o‘z taassurotlarini “Ikki davlat, yagona yurak: ildizlarimiz bir, ko‘ngillarimiz bir”, degan samimiy so‘zlar bilan ifodaladi.

Ushbu tashrif O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalar, do‘stlik va qardoshlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish