Logo

Bemor hamyurtimizga o‘z vaqtida ko‘mak ko‘rsatilib, vatanga qaytarildi

Dekabr 30, 2025. 10:25 • 51 soniya

55
Bemor hamyurtimizga o‘z vaqtida ko‘mak ko‘rsatilib, vatanga qaytarildi

JIDDA, 30-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Jidda shahridagi konsulxonasi tomonidan Makkadagi “Saudi National Hospital” shifoxonasida davolanayotgan hamyurtimizga o‘z vaqtida zarur yordam ko‘rsatildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bosh konsulxona diplomatlari andijonlik yurtdoshimizga davolanishi uchun yaqindan ko‘mak bergan. Bemor vatandoshimizning O‘zbekistonga qaytishi uchun tegishli barcha chora-tadbirlarni amalga oshirgan.

Konsullik vakillari bemorni vatanimizga qaytarish masalasini “Musaffo Travel” sayyohlik firmasi hamda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi bilan hamkorlikda ko‘rib chiqqan.

“Musaffo Travel” firmasi hamyurtimizning kasalxonada davolanishi bilan bog‘liq barcha moliyaviy masalalarni bartaraf etgan. Bemorning turmush o‘rtog‘ining Makkada yashashi bilan bog‘liq xarajatlarni ham qoplab bergan.

Bosh konsulxona xodimlari bemorni shifoxonadan Jidda xalqaro aeroportiga maxsus tez tibbiyot yordam avtomashinasida olib kelish va samolyot bortiga chiqarish ishlarini hal etgan.

“Musaffo Travel” firmasi va bemorning oila aʼzolari hisobidan “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY-336 reysi bilan “Jidda-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta sotib olinib, hamyurtlarimiz vatanga qaytarilgan.

Ayni paytda bemor o‘z oila aʼzolari bag‘riga qaytib, Toshkentdagi Respublika tez tibbiy yordam markazida davolanishni davom ettirmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish