Logo

Jizzax va Rostov o‘rtasidagi hamkorlik kengaytiriladi

Dekabr 30, 2025. 11:09 • 54 soniya

126
Jizzax va Rostov o‘rtasidagi hamkorlik kengaytiriladi

ROSTOV-DON30-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatlari Rostov viloyati iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Olga Popelnuxa bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda Rossiya tomoni Rostov viloyatining iqtisodiy salohiyati haqida so‘z yuritib, mintaqaning agrar yo‘nalishi va O‘zbekiston hududlari bilan qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi. Iqlim sharoitlari o‘xshashligi, bu tajriba almashish va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etishda qulay sharoit yaratishi aytildi.

O‘z navbatida, yurtimiz diplomatlari qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish, seleksiya va urug‘chilik sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasida fikr bildirdi.

Muloqot davomida ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatishga alohida eʼtibor qaratildi. Tomonlar mahsulot turlariga qiziqishni hisobga olgan holda o‘zaro biznes missiyalari amaliyotini davom ettirish va tadbirkorlar tashrifini tashkil etish bo‘yicha to‘xtalib o‘tdi.

Hududlararo hamkorlik doirasida Jizzax va Rostov o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, Jizzax va Rostov-Don shaharlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalasi muhokama qilindi.

Muloqot yakunida Rossiya tomoni Jizzax viloyati delegatsiyasining Rostovga tashrifini tashkil etishdan manfaatdorligini bildirdi. 2026-yilda mazkur tashrifning amalga oshirilishi ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Dildora Azimova

dildora@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish