Logo

Chexiyada O‘zbekiston talabalari assotsiatsiyasi tashkil etildi

Dekabr 23, 2025. 15:51 • 2 daq

125
Chexiyada O‘zbekiston talabalari assotsiatsiyasi tashkil etildi
Chexiyada O‘zbekiston talabalari assotsiatsiyasi tashkil etildi

PRAGA, 23-dekabr. /“Dunyo” AA/. Joriy yil 18 dekabr kuni Praga shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda Chexiyadagi O‘zbekiston talabalari assotsiatsiyasi tashkil etilgani rasman eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Chexiyadagi O‘zbekistonlik talabalar assotsiatsiyasi nodavlat notijorat tashkilot bo‘lib, taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan yosh vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Assotsiatsiya vatandoshlarning oliy taʼlim va ijtimoiy muhitga moslashuvini rag‘batlantirish, madaniy va maʼrifiy tashabbuslarini rivojlantirish, O‘zbekiston va Chexiya xalqlari o‘rtasidagi do‘stona va madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida O‘zbekistonning Chexiyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi.

Tadbirda Chexiyada tahsil olayotgan o‘zbek talabalari va mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlar qatnashdi. Tashkiliy va homiylik qo‘llab-quvvatlovi – “Start Study” taʼlim kompaniyasi, “TNB” tarjimalar va hujjatlarni nostrifikatsiya qilish byurosi, “Czech point” viza-konsultatsiya markazi, “DON‘s” kompaniyasi, Praga metropoliten universiteti, Chexiya tabiiy fanlar universiteti, Karlov universiteti hamda Kimyo va texnologiya oliy maktabi tomonidan taʼminlandi.

Uchrashuv davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi. Shundan so‘ng, elchixona vakillari mehmonlarni O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi bilan tabriklab, Chexiyada O‘zbekiston talabalari assotsiatsiyasi tashkil etilganini eʼlon qildi. Diplomatlar assotsiatsiyaning maqsad va vazifalari hamda kelgusidagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga homiylar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish